
Bo‘stonliq tumanidagi “Qizilsuv” mahalla fuqarolar yig‘inida hudud aholisi murojaatlari o‘rganildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Xushnud Xudoyberdiyev, tuman mas’ullari, mahalla faollari va yoshlar, O‘zA axborot agentligi jurnalistlari qatnashdi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida X.Xudoyberdiyev fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi. Jarayonda ichki ko‘chalarni ta’mirlash, arim jamoat tashkilotlari binolarini kadastr hujjatlarini qayta tiklash, qo‘shimcha elektr transformatori qo‘yish kabi 10 ga yaqin masalalar ko‘rib chiqildi.
Ularning ba’zilariga shu joyning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan muddat talab qiladigan masalalar bo‘yida mas’ullar tashkilotlar bilan bog‘lanib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi. Xususan, Qizilsuv hududida 180 nafarga yaqin bog‘cha yoshidagi bolalar bor va ularning ayrimlarini ota-onalar tuman markazidagi bog‘chalarga olib borishga majbur bo‘lmoqda. Shu sababli faollar mahalladagi bo‘sh turgan yerda yangi bog‘cha qurish lozimligi aytildi.
Ta’kidlash lozim, mazkur mahalla Bo‘stonliq tumanining chegara hududida joylashgan bo‘lib, asosan qozoq millatiga mansub 1 ming 864 nafar aholi istiqomat qiladi. Tadbirda mahalla raisi Kanimgul Tajiyeva mahalla yettiligi tomonidan oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborot berildi.
So‘nggi vaqtlarda mahallaning elektr va gaz ta’minoti yaxshilandi. Ayniqsa, sovuq mavsumda ham xonadonlarni isitish borasida muammolar yo‘q. Bundan tashqari, davlatimiz tomonidan bu joylarda amalga oshirish belgilangan loyihalar haqida ham so‘z yuritildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |