Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabulda muammolar hal bo‘ldi

Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov fuqarolar muammolarini o‘rganish, ularning turmush tarzini yaxshilash maqsadida Shovot tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xalqning dardu tashvishlarini o‘z vaqtida o‘rganib, ijobiy hal etish ustuvor vazifaga aylangan. Sayyor qabullar esa joylarda o‘rganilgan muammolar ijrosini ta’minlash va nazorat qilishning eng maqbul yechimidir. Kundalik hayotda shunday muammolar ham uchraydiki, uning yechimi oddiy fuqaro tugul, butun bir mahalla ahlini ham o‘ylantirib qo‘yishi mumkin. 

Misol uchun, mahallangizdan oqib o‘tuvchi zovur, ya’ni zahkashning suvi oqmay qolsa, kimga va qanday murojaat qilasiz? Shovot tumanidagi Asavey mahallasi ahlini ham ushbu savol ozroq tashvishga soldi. Biroq mahalladoshlari nomidan kelgan vakillar viloyat hokimi bilan uchrashgach muammoga yechim topildi. 

– Mahallamizdan oqib o‘tuvchi zovur bir yildan buyon oquvdan to‘xtagan, – deydi mahalla faoli Hikmat Madaminov. –Bog‘ va dalalarda yer osti sizot suvlari ko‘tarilib bormoqda. Ekinlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Zovurning yo‘l ostidan o‘tuvchi qismiga 35-40 metrlik quvur o‘rnatish kerak. Shu masalada viloyat hokimi bilan uchrashdik. U tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlarni berdi. Mahallamiz ahli bundan juda xursand. Yer osti suvlari pasaysa, aholimiz dasturxoniga dehqonchilik mahsulotlarimizni yanada ko‘proq yetkazib beramiz. 

Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi. Mavjud muammolarning aksariyati daxldor idoralar, tuman va shahar hokimliklari vakillari ishtirokida hal etildi. Shuningdek, muloqot davomida ko‘plab fuqarolarga ularni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. 

25.11.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлигиВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Шартнома шартлари бажарилмаганлигиВеб-сайт3 Aprel 202424 Iyun 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar