Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Aholi dardlari eshitildi, aniq vazifalar belgilab berildi

Guliston shahrining Obod yurt mahallasi yillar davomida aholi sabrini sinab kelgan muammolar makoniga aylangandi.

Yomg‘ir yog‘ishi bilan botqoqqa aylanadigan, yurib bo‘lmaydigan ko‘chalar, haftalab yig‘ilib qoladigan chiqindilar, issiq kunlarda butun hududga tarqaladigan og‘ir va qo‘lansa hid, noqonuniy ravishda egallangan yo‘laklar, qarovsiz qolib ketgan hududlar — bularning barchasi mahalla aholisi hayotini murakkablashtirib yuborgandi. Odamlar bu haqda bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, masalalar yechimsiz qolib ketgan edi.

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov mas’ullar bilan birga Obod yurt mahallasiga tashrif buyurib, aholi ko‘targan muammolarni bevosita joyida o‘rgandi. Tashrif odatiy eshitish va qayd etish bilan cheklanmadi — har bir kamchilik, har bir shikoyat qilingan manzilga chiqilib, muammolar amalda ko‘rib chiqildi.

Muloqot jarayonida aholi o‘z shikoyatlarini ochiq bildirib, quyidagi masalalarni ta’kidladi: ko‘chalarda yurish qiyinligi, issiq kunlarda tarqaladigan og‘ir hid va yo‘laklarning qonuniy tartibda bo‘lmasligi.

Viloyat rahbari mas’ul xizmatlarga murojaat qilib, qatiy tarzda shunday dedi:

— Hech bir ish kechiktirilmaydi. Bu nafaqat aholi muammosi, balki bizning ham mas’uliyatimiz. Masalani hal etmaslik va atrofni tozalamaslik yanada katta muammolarga olib keladi.

Tashrif davomida qaysi tashkilot qanday kamchilikka yo‘l qo‘ygani va ishlarning nima uchun to‘xtab qolgani ham yuzma-yuz muhokama qilindi. Muammolarni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Belgilangan vazifalarga ko‘ra: mahalladagi yo‘llar bosqichma-bosqich ta’mirlanadi, chiqindi tashish tizimi qayta yo‘lga qo‘yiladi, obodonlashtirish ishlari kuchaytiriladi va qarovsiz hududlar tiklanadi. Noqonuniy egallangan yo‘laklar ochilib, ularda qonuniy tartib o‘rnatiladi, aholi uchun qulay maskanlar yaratiladi.

Aholi vakillari shunday deyishdi:

— Muammolarimizni aytdik — eshitishdi, ko‘rishdi. Endi ijrosini ham ko‘ramiz degan umiddamiz.

Obod yurtda yangi hayot va shirin orzu-umidlar boshlanishi uchun zarur zamin yaratildi. Eng muhimi, aholi bu safar  mahallada haqiqatdan ham o‘zgarishlar bo‘lishiga chin dildan ishonishdi.

19.11.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Mart 202422 Iyun 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar