
Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov yoshlar bilan uchrashib, ular bilan dildan suhbatlashdi. Duch kelayotgan muammolarini eshitib, hal etish yo‘llarini izladi.
Mustaqillik yosh avlodning chuqur ta’lim olib, o‘z salohiyatini keng namoyish etishi, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda dunyo yoshlari bilan bellashib, mamlakatimiz dovrug‘ini jahonga yanada kengroq yoyishi, biznesini yo‘lga qo‘yib, muvaffaqiyatlarga erishishi, o‘zi tanlagan kasbda Vatan, millat va xalq farovonligi uchun xizmat qilishiga qulay muhit yaratdi –dedi tuman rahbari.
Endilikda sizlar bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarining eng faol, eng tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lishingiz lozim. Bu yo‘lda to‘siq va muammolarga duch kelsangiz, qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ayamaymiz. Tumandagi muassasa, tashkilot va korxonalar rahbarlari ham ishtirok etgan ochiq muloqotda yigit-qizlar qator taklif va tavsiyalarni bildirdi. Muhim masalalarni o‘rtaga tashlab, ish bilan ta’minlash, imtiyozli kredit olish, oliy ta’limdagi kontrakt to‘lovlariga ko‘maklashish kabi muhim masalalarni aytdi.
O‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Uchrashuvda yoshlar o‘rtaga tashlagan muammolarni yechish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, vaqt talab etadigan masalalarga aniq muddat belgilandi. Ijrosi qatiy nazoratga olindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |