
Navoiy shahrida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashining II plenumi bo‘lib o‘tdi.
Unda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bahodir Mamatxonov, partiya viloyat kengashi xodimlari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Plenumda partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlari tomonidan 2025 yilning birinchi yarmida olib borilgan ishlar hamda 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilindi.
Bugungi kunda partiyaning tuman va shahar kengashlarida 622 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti 57239 nafar a’zoni birlashtirgan. Partiyaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun o‘tgan davr mobaynida 200 ga yaqin seminar va tadbirlar o‘tkazilgan bo‘lsa, “Uyma-uy”, “Xizmat – beminnat”, “Toza likopcha” kabi loyihalar doirasidagi tadbirlar esa muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘tgan hisobot davrida elektorat manfaatlarini himoya qilish maqsadida viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari tomonidan mas’ul tashkilot va mansabdor shaxslarga 224 ta deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning 211 tasi ijobiy hal etilishiga erishildi. Shuningdek, Kengashlar sessiyalariga 22 ta, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari kun tartibiga 73 ta masala kiritildi, 262 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, ularda saylovchilarning murojaatlari asosida 343 ta muammo joyida bartaraf etildi.
Tadbirda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtalib o‘tilib, ayrim mahalliy Kengashlar deputatlarining o‘zlari saylangan hududlarda yashovchi saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlarni tashkil etib borishi, muammolarini hal etish bo‘yicha amaliy yordam berishi deputatga ham, partiyaga ham xalq ishonchining ortishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Plenum yig‘ilishi so‘nggida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |