
Bugungi kunda yurtimizda aliment undiruvlarini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha yangicha mexanizm joriy etilib, amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘ini oshirish, aliment qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlarining soni va summasini keskin qisqartirish, bu toifadagi ijro hujjatlarini qonuniy hal qilish orqali undiruvchilarning huquqini ishonchli himoya qilish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi organlari tomonidan birgina joriy yilning iyul va avgust oylarining o‘tgan davri mobaynida jami 17,4 milliard so‘m aliment mablag‘lari undirildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, hududlardagi aholi muammolarini o‘rganish hamda ularga yechim topish, aholining turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ijtimoiy daftarlarga 28 milliard so‘m o‘tkazib berildi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Byuroning viloyat boshqarmasi va tuman shahar bo‘limlariga 40 ta oila biriktirilgan bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari, muammo va takliflari muntazam o‘rganib borilmoqda.
Bu oilalarda tarbiyalanayotgan farzandlarning 41 nafari maktab o‘quvchisi hisoblanadi. Ularga yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan homiylar yordamida maktab o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar olib berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |