Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Deputat muammolarni o‘rgandi

Mamlakatimizda yoshlarning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashida O‘zLiDeP deputatlari va faollarining ham o‘z o‘rni va munosib hissasi bor.

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputatligiga saylangan Komiljon Ro‘ziyev 45-“Sayyot” saylov okrugidagi ta’lim muassasalari faoliyatini muntazam o‘rganib, ulardagi mavjud muammolarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda.

Xususan, deputat Qorako‘l tumanining “Sayyot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabida saylov okrugi hududidagi 13 ta ta’lim muassasasi direktorlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida maktablarda olib borilayotgan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik  ishlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

– Keyingi paytda mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar ayniqsa, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar Yangi O‘zbekiston  maktab ostonasidan boshlanadi, degan g‘oyaning naqadar muhimligini tasdiqlaydi, – deydi Komiljon Ro‘ziyev. – Zotan, ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yagona to‘g‘ri yo‘li. Demak, ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni ijobiy hal etish, o‘qituvchi-pedagoglarning ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha g‘oyalarini hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish biz deputatlar oldida turgan vazifalardan.

Deputat “Tojikent”, “Regihaydar”, “Alikaxo‘ja”, “Paykent” hamda “Sayyot” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oila vakillari xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi. Aholi vakillariga bir qator oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

Xalq vakili “Paykent” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Nozima Hayitova hamda “Sayyot” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Hamroz Sharopovning xonadonini qayta ta’mirlab, ehtiyojmand oila vakillariga beminnat yordam ko‘rsatadigan bo‘ldi. 

18.08.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar