
Mamlakatimizda yoshlarning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashida O‘zLiDeP deputatlari va faollarining ham o‘z o‘rni va munosib hissasi bor.
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputatligiga saylangan Komiljon Ro‘ziyev 45-“Sayyot” saylov okrugidagi ta’lim muassasalari faoliyatini muntazam o‘rganib, ulardagi mavjud muammolarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda.
Xususan, deputat Qorako‘l tumanining “Sayyot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabida saylov okrugi hududidagi 13 ta ta’lim muassasasi direktorlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida maktablarda olib borilayotgan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
– Keyingi paytda mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar ayniqsa, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi, degan g‘oyaning naqadar muhimligini tasdiqlaydi, – deydi Komiljon Ro‘ziyev. – Zotan, ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yagona to‘g‘ri yo‘li. Demak, ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni ijobiy hal etish, o‘qituvchi-pedagoglarning ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha g‘oyalarini hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish biz deputatlar oldida turgan vazifalardan.
Deputat “Tojikent”, “Regihaydar”, “Alikaxo‘ja”, “Paykent” hamda “Sayyot” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oila vakillari xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi. Aholi vakillariga bir qator oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.
Xalq vakili “Paykent” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Nozima Hayitova hamda “Sayyot” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Hamroz Sharopovning xonadonini qayta ta’mirlab, ehtiyojmand oila vakillariga beminnat yordam ko‘rsatadigan bo‘ldi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |