Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muammolar bartaraf etildi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati Vobkent tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotda soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Suxrob Fayziyev asosiy e’tiborni ishbilarmonlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etishga qaratdi.

Uchrashuvda dastlab biznes vakillariga soliq tizimidagi yangiliklar, imtiyozlar hamda  soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan soliq imtiyozlari, soliq hisobotlari, yer va mol-mulk soliqlari hamda ortiqcha to‘lovlarni qaytarish masalalari yuzasidan 10 ga yaqin murojaatlar o‘rganildi.

Ishtirokchilar Buxoro tumanidagi kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv chog‘ida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z salohiyatlarini to‘la ishga solish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va yangi loyihalarni ishga tushirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqotlarda soliq imtiyozlaridan foydalanishda uchrayotgan tushunmovchiliklar, soliq hisobotlarini taqdim etishdagi amaliy masalalar va QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarish tartibi kabi qator mavzular ko‘tarildi.

Xususan, unda 20 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlari tinglanib, ularning aksariyati hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadiganlarining ijrosi nazoratga olindi.

21.08.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Mart 202422 Iyun 2024Toshkent viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалаларИшонч телефони8 Avgust 202420 Avgust 2024Toshkent viloyati
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммоларИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar