Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sanjar Jabborov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi qabul tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, aholining muammolarini hal etishga ko‘maklashish maqsadida aholi vakillarining turli darajadagi rahbarlar bilan bevosita muloqoti yo‘lga qo‘yilganligi ijobiy samaralar bermoqda.

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholiga qulaylik yaratish, ularning ichki ishlar sohasiga oid murojaatlarini eshitish maqsadida boshqarma binosida o‘tkazilgan qabul davomida aholining asosan ichki ishlar tizimi va boshqa masalalarga oid murojaatlari eshitildi. 

Qabul davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar bo‘yicha murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish yoki hal etilishi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Bu kabi qabul va aholi bilan ochiq muloqotlar joylardagi muammolarni o‘rganish, hal etish, qonun ustuvorligini ta’minlash bilan birga,  fuqarolarning davlat idoralariga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

24.07.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Шартнома шартлари бажарилмаганлигиВеб-сайт3 Aprel 202424 Iyun 2024Toshkent viloyati
Шартнома шартлари бажарилмаганлигиИшонч телефони24 Iyul 202410 Avgust 2024Sirdaryo viloyati

Foydali resurslar