
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida tuman hokimi Ilhom Abrorov ehtiyojmand oilalar vakillari va ularning farzandlari bilan uchrashdi.
Nuroniylar, ilg‘or pedagoglar ham ishtirok etgan tadbirda tuman rahbari mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning farzandlarini jismonan sog‘lom, chuqur bilimli, ma’nan barkamol etib, kamolga yetkazish yuzasidan ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida atroflicha fikr yuritdi. O‘g‘il-qizlarni ilm-fan sirlarini mukammal egallab, kelajakda Vatanga munosib kadrlar bo‘lib ulg‘ayishga undadi. Oilalardagi muammolar bilan qiziqdi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda ehtiyojmand oilalar farzandlariga o‘quv qurollari va boshqa zarur jihozlar tuhfa qilindi.
Uchrashuv yakunida “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbari Azamat Xolmatov va boshqalar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar va ularning farzandlariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar uchun davlatimizga chuqur minnatdorlik bildirdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Ишонч телефони | 24 Iyul 2024 | 10 Avgust 2024 | Sirdaryo viloyati |