Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Mahallalar obodligi va osoyishtaligi muhokama qilindi

Buxoroda Mahallani qo‘llab-quvvatlash shahar kengashining 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar jinoyatchilik hamda ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shahar hokimi Qurbon Tursunov “mahalla yettiligi” va mutasaddi rahbarlar mas’uliyatini oshirish va o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishlarini ta’kidladi.

Shuningdek, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlari doirasida mahalla hududidagi ko‘chalarni obodonlashtirish, bunda yo‘l yoqasidagi maishiy chiqindilarni olish, aholining yo‘l yoqasidagi tomorqa maydonlarini turli begona o‘tlardan tozalanishi, daraxt va butalarni tartibga keltirishni tashkil etish, aholi xonadonlari fasad qismi va darvozalarini bo‘yash, mahalladagi yoshlar bilan alohida ishlash tizimini joriy qilish bo‘yicha fikrlar o‘rtaga tashlandi.

Shu bilan birga, ishsizlar, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni bandligini ta’minlash, og‘ir toifadagi yoshlar bilan individual ishlarni olib borish, yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib xorijiy tillarga yo‘naltirish va kasb-hunarga o‘qitish choralarini ko‘rish, oilaviy ajrimlar soni ko‘p qayd etilgan mahallalarda alohida tanqidiy muhokamalarni tashkil etish, nikohdan ajralish holatlarini kamaytirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini jonlantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

16.07.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлигиВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Шартнома шартлари бажарилмаганлигиВеб-сайт3 Aprel 202424 Iyun 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar