
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov sanoat rivoji va xususiy sektor salohiyati bilan tanishish maqsadida Sirdaryo tumaniga tashrif buyurdi.
Viloyat hokimi tumandagi bir qator yirik va kichik tadbirkorlik sub’ektlarida bo‘lib, ularning faoliyat yo‘nalishlari, joriy ish rejalari hamda ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan tanishdi.
Yuk va yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan transport vositalarini tayyorlashga ixtisoslashgan “Asaka Motors” avtozavodida yetti o‘rinli “WULING N111” rusumli avtomobillarni yig‘ish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Korxona xodimlari bilan muloqot chog‘ida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, yangi modellarni joriy etish va bozorda raqobatbardoshlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Yevropa texnologiyalari asosida qurilgan va energiya tejovchi gazobeton materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Eurasia Gaz Beton” zavodida qurilish sohasi uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar turlari, ularning sifat ko‘rsatkichlari va yetkazib berish mexanizmlari yuzasidan suhbatlashdi.
Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaradigan “River-Med” korxonasida esa antibiotiklar, tabletkalar, ampula hamda infuzion dori vositalarini xalqaro sanitar talablarga muvofiq tarzda tayyorlash jarayonlari o‘rganildi. Bundan tashqari, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy aholi bandligini ta’minlash va mahsulotlarni eksportga chiqarish imkoniyatlari muhokama etildi.
Tashrif chog‘ida tadbirkorlar bilan samarali muloqotlar o‘tkazildi. Suhbatlar davomida mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish, yuqori texnologiyalarni joriy etish, infratuzilmani rivojlantirish hamda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlar esa yangi investitsiya loyihalari va hamkorlik tashabbuslarini ilgari surdi.
Viloyat rahbari ushbu tashrifning asosiy maqsadi mahalliy ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga joyida yechim topish hamda Sirdaryo tumanida tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash ekanini ta’kidladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |