
Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan aniq chora-tadbirlar asosida hududlarda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.
Ana shunday sayyor qabullardan biri boshqarma boshlig‘i Muhiddin Tog‘ayev boshchiligida Qiziriq tumanining Yangi hayot mahallasida o‘tkazildi.
Sayyor qabulda fuqarolardan nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish, sanatoriylarga yo‘llanma berish, ijtimoiy nafaqalar tayinlash, davolanishga order olish va boshqa shu kabi murojaatlar kelib tushdi.
Muammolarning aksariyati joyida hal etildi, ma’lum vaqt talab etgan masalalar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Tadbirda shuningdek, aholiga ijtimoiy himoya tizimidagi yangiliklar, sohaning raqamlashtirilayotgani haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |