
Viloyat hokimligi tomonidan Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi” da O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limining mas’ullari ishtirokida ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Jizzax shahri hamda tumanlarda istiqomat qiluvchi 300 nafardan ortiq ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi fuqarolar ishtirok etdi.
Ularning turli masalalarga oid murojaatlari Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosarlari tomonidan tinglanib, qonun doirasida hal etilishi ma’lum qilindi.
– Men Jizzax davlat pedagogika universitetining xorijiy til va adabiyoti fakultetida Paxtakor tumanidan qatnab o‘qiyman, – deydi 2-guruh nogironi Farida Jiyanbekova. – Imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam so‘rab, ushbu sayyor qabulga murojaat qilgan edim, iltimosim shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Men bundan juda ham xursand bo‘ldim. Ana shunday sayyor qabullarning tashabbuskori bo‘lgan yurtboshimizdan minnatdorman.
Shuningdek, sayyor qabul jarayonida jami 51 nafar fuqaroga tegishli tashkilot va boshqarmalarning rahbar hamda mas’ullari zimmasiga amaliy yordamlar ko‘rsatish vazifalari yuklatildi va masalalarning ijrosi qat’iy nazoratga olinadigan bo‘ldi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |