
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu tadbir aholi o‘rtasida huquqiy xabardorlikni oshirish va murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni joylarda bevosita o‘rganish maqsadida o‘tkazildi.
Ta’kidlash lozimki, Koson tumani – 2024 yilda Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar soni bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinni egallagan hudud hisoblanadi. O‘tgan yil davomida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jami 3 ming 274 ta murojaat qabul qilingan bo‘lsa, shundan 818 tasi aynan Koson tumaniga to‘g‘ri keladi. Bu holat aholining huquqiy muammolarga nisbatan faolligi va ehtiyojining yuqoriligini ko‘rsatadi.
Ochiq muloqot Qashqadaryo pedagogika texnikumi binosida o‘tkazilib, unda tumandagi Arabxona, Do‘stlik, Nartichuqur, Yuqori Obron, O‘rta Obron, Quyi Obron, Regzor, Beshqo‘ton kabi mahallalarda yashovchi fuqarolar faol ishtirok etdi.
Tadbirda mas’ul davlat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ham ishtirok etib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan javobgarlik va yechimlarga e’tibor qaratdi.
Murojaatlar tahliliga e’tibor qaratilsa, fuqarolar murojaatlari asosan mehnat huquqlari, sud va tergov faoliyatidan norozilik, uy-joy, aliment, kommunal xizmatlar hamda firibgarlik kabi masalalarni qamrab olgan. Bu holat muammolarning ko‘pincha tuzilmaviy va boshqaruvga oid yechimlarni talab qilishini ko‘rsatadi.
– Koson tumanidan kelayotgan murojaatlar soni ko‘pligini ko‘rib, aynan shu yerning o‘zida odamlar bilan yuzma-yuz gaplashishni lozim topdik, – deydi Ombudsman Feruza Eshmatova. – Bu muloqot orqali murojaatlarda tilga olingan sohalarga daxldor mutaxassislarni jalb etdik. Muhimi odamlar qayerga va qanday murojaat qilish mumkinligini bilib olishi kerak. Shunda muammolar tizimli ravishda hal etiladi.
Tadbir davomida fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlarga huquqiy yondashuv, mulk huquqini tan olish kabi masalalar muhokama qilindi. Bunday yondashuv xalqaro amaliyotda “jamoaga asoslangan huquqiy yechim” sifatida baholanadi va aholining huquqiy imkoniyatlarini kengaytirishda muhim o‘rin tutadi.
Ombudsman Feruza Eshmatova tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari bevosita qabul qilindi va tegishli tashkilotlar ishtirokida joyida hal etish choralari ko‘rildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |