Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabullar natija bermoqda

Joriy yilning 19–23 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Sirdaryo viloyat sudlari mas’ullari tomonidan viloyatning barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.

Ushbu qabullar davomida jami 68 ta fuqaro murojaati ko‘rib chiqildi. Mazkur murojaatlardan 11 tasi fuqarolik ishlariga, 41 tasi jinoyat ishlariga, 14 tasi ma’muriy ishlarga va 2 tasi iqtisodiy sudlov masalalariga oid bo‘ldi.

Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan taqdimnoma (iltimosnoma)lar asosida 19 nafar mahkum o‘talmay qolgan axloq tuzatish ishlari va boshqa jazolardan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi hamda 2 nafar mahkumning  o‘talmay qolgan jazosi yengilroq jazoga almashtirildi.

E’tiborlisi, murojaatlarning 21 tasi joyida hal etildi va fuqarolar o‘z muammolariga aniq yechim topdi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi hamda zarur choralar ko‘rish uchun mas’ul idoralarga yuborildi.

Masalan, xorijiy davlat fuqarosi Lenura Ablakulova sayyor qabulga kelib, o‘zining fuqarolik sudiga oid murojaatini taqdim etdi. U Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lib, O‘zbekistonda meros bo‘lgan mulkni o‘z nomiga rasmiylashtirish masalasida yordam so‘radi. Sayyor qabul doirasida uning arizasi qanoatlantirildi va sud majlisida unga qolgan merosga egalik qilish huquqi berildi.

– Men Rossiya Federatsiyasi fuqarosiman, lekin O‘zbekiston Respublikasi sudlarining adolatli ish ko‘rishi va qonuniy qaror qabul qilishiga ishonch hosil qildim. Ko‘p vaqt sarson bo‘laman, deb adashgan ekanman,  –  deydi Lenura Ablakulova.   –   Mana sayyor qabulga kelganim zahoti murojaatim ijobiy hal bo‘ldi. Ortiqcha sarsongarchiliksiz. Sudlarga shunday sayyor qabullarni tashkil qilib, murojaatlarga yechim topishda qat’iy harakat qilayotganlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Sayyor qabullar doirasida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, ularning murojaatlari tinglandi, huquqiy maslahatlar berildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Respublika ishchi guruhi ana shu maqsadda muntazam ravishda aholi bilan muloqotlarni tashkil etib bormoqda.

Umuman olganda, bunday tadbirlar sud tizimining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda sudlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

24.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar