
Ma’lumki, har qanday bahsli masalaga adolatli yechim faqat odil sud tomonidan topilishi kerak. Sababi, sud idorasiga ishi tushgan har bir shaxs ushbu dargohda qonun va adolat ustuvor ekaniga ishonch hosil qilishi lozim.
Bugungi kunda huquqbuzarlik va nizolar turlarini tahlil qilish asosida ishlarning asosiy qismi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilmoqda.
Olmazor tumani Yoshlar markazida Yoshlar ishlari agentligi Olmazor tumani bo‘limi yetakchilari hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi sudyalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan sayyor sudda ham dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi.
Xususan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi sudyalari V.Karamanov, A.Turg‘unov hamda S.Shodmonovlar ishtirokida soxta tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, savdo qoidalarini buzgan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan 1997 yilda tug‘ilgan MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Dastlabki tergov idoralari tomonidan unga Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan ayblov e’lon qilingan. Sayyor sudda sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil kesil o‘tash uchun ish haqining 15 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Shuningdek, sudda yo‘l transport hodisasi bilan bog‘liq ma’muriy ish ham ko‘rib chiqildi.
Sudyalar tomonidan yoshlarga sud-huquq tizimidagi islohotlar, sudlardagi ochiqlik va shaffoflik, tumanda yoshlar ishtirokida sodir etilayotgan jinoyatlar holati yuzasidan ma’lumot berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |