Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabulda muammolarga yechim topildi

Bugungi kunda Buxoro viloyatda 3 ming 603 nafar ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi fuqarolar istiqomat qiladi.

O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatining viloyat bo‘limi o‘z atrofiga 3 ming nafardan ortiq 1-, 2-guruh nogironlarini birlashtirgan. Joylarda jamiyatning 12 ta shahar va tuman bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ko‘rishda nuqsoni bor fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etdi. Unda imkoniyati cheklangan fuqarolarning masalalari ko‘rib chiqildi. Buning uchun shahar-tumanlardan tashrif buyuruvchi ko‘rishda nuqsoni bor fuqarolar va ularning kuzatuvchilariga zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Sayyor qabulda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi Ergash Norpo‘latov, aloqador viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolardan asosan, uy-joy bilan ta’minlash va ta’mirlash, davolanish, ishga joylashtirish, moddiy yordam ajratish, kredit olish, kommunal qarzdorlikni bartaraf etish va boshqa masalalar borasidagi muammolar bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Sayyor qabul davomida imkoniyati cheklangan fuqarolarning kundalik hayotda qiynab kelayotgan aksariyat muammolari ijobiy yechim topdi. 

O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi Ergash Norpo‘latov Buxoro viloyati hokimi bilan muloqotda tegishli O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati hududiy bo‘lim va uning nazoratidagi mahalliy bo‘linmalar, ishlab chiqarish korxonalari hamda hududdagi ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonalari, dam olish markazlari va  bolalarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi (internat-maktab) faoliyatidagi  muammolarni hal etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. 

20.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлигиВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиВеб-сайт3 Aprel 202424 Iyun 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar