2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Olis tog‘li hududdagi sayyor qabul

Istalgan ko‘rinishda huquqingiz buzilib, manfaatlaringizga zarar yetdimi avvalambor adolat istab sud idoralariga murojaat qilasiz. Afsuski, aksariyat hollarda manzilingizdagi olislik va sharoitning yetarli bo‘lmagani ortidan bu yo‘ldagi kurashingiz yarim yo‘lda to‘xtagandek bo‘ladi.

Aytish mumkinki, ana shu sud organlarining manzillarga borib aholi bilan yuzma-yuz o‘tkazayotgan uchrashuvlari va qabullari bu noqulayliklarga barham berishga xizmat qilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi oliy sudi hamda Qashqadaryo viloyat sudi mas’ullari tomonidan aholi uchun o‘tkazilgan sayyor qabullarning aynan viloyatning olis hududlarida tashkil etilgani ham fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligining oldini olishga qaratildi. Kitob tumanining tog‘li Qaynar qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan tadbir fikrimiz isbotidir.

Bo‘lib o‘tgan qabullar davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy tushuntirishlar oldi. Alohida vaqt talab etiladigan murojaatlar rasmiy ravishda qayd etildi. Shuningdek, tadbirlar jarayonida sayyor sud ham tashkil etilib, unda ayni damda probatsiya nazoratida jazo o‘tab kelayotgan bir guruh mahkumlarni muddatidan avval ozod qilish hamda ma’muriy huquqbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

– Tuman probatsiya guruhida bugungi kunda 370 nafar mahkum jazo muddatini o‘tab kelmoqda. Bugungi sayyor sudda probatsiya nazoratida turgan 6 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi, – deydi Kitob tumani IIB probatsiya guruhi katta inspektori Sherali Jo‘rayev.   

O‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar va aholi bilan yo‘lga qo‘yilayotgan yuzma-yuz muloqotlar pirovard natijada mavjud muammolarni aniqlash, ularni joyida bartaraf etish borasidagi ishlar samaradorligini oshishiga xizmat qilmoqda. Bu fuqarolarda huquqiy ko‘nikmalarni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

06.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Mart 202422 Iyun 2024Toshkent viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммоларИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони13 Avgust 202424 Avgust 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar