
Talaba-yoshlarning muammolariga joyida yechim topish va ularning taklif hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muhiddin Kalonov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda talabalar tomonidan o‘qish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, ishga joylashish, moddiy yordam va ma’naviy ko‘mak berish, sharoitlarini yaxshilash kabi masalalarda murojaatlar qilindi.
Qabulda nafaqat muammolar, balki talabalar tomonidan ilgari surilayotgan taklif va g‘oyalar ham tinglandi. Jumladan, universitet kutubxonalarini 24 soat davomida faoliyat yuritadigan tizimga o‘tkazish, “speaking club”, “time menegment” kabi zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan markazlar ochish, kasb-hunar va zamonaviy texnologiyalarga oid to‘garaklar tashkil etish, ilmiy-innovatsion ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Rektor barcha murojaat va takliflar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yo‘nalishi bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Har bir murojaat ijrosi nazoratga olinib, ularning hal etilishi uchun zarur choralar ko‘rilishini alohida ta’kidladi.
Bu kabi ochiq muloqotlar talabalar va rahbariyat o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |