
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 963 ta xonadonga qariyb 6 mingdan oshiq tovuq yetkazib berildi.
Bu tashabbus aholi farovonligini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan muhim amaliy qadam sifatida e’tirof etildi.
– Chunki parrandachilik tadbirkorlikni boshlashning eng oson va daromadli turi hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan xonadonlarga yetkazib berilgan tovuqlar oilalarda kichik parrandachilik fermalari tashkil etilishiga turtki bo‘ldi,– deydi Mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi rahbari Zafar Kamolov.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu kabi amaliy yordamlar fuqarolarning ijtimoiy kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ish bilan band insonda mas’uliyat tuyg‘usi, mehnatga mehr va kelajakka ishonch kuchayadi.
– Dastur doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga taqdim etilayotgan moddiy yordam vositalari yuzasidan hisobotlar yuritilib, har bir xonadonda ulardan oqilona foydalanish holati muntazam ravishda monitoring qilinyapti. Bu esa shaffoflikni ta’minlash hamda natijadorlikni baholashda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi tuman hokimining o‘rinbosari O‘tkir Sariboyev.
Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bu ezgu ishlarning samarasi allaqachon ko‘rina boshladi. Buni tuman aholisi bilan suhbatlar orqali yaqqol anglash mumkin.
– Tumanning Uchto‘rg‘on mahallasidanman, – deydi Nasiba Sattorova. – “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 100 dona tovuq olib, faoliyatimni boshladim. Har kuni 60-70 dona tuxum olyapman. Bu oilamizning iqtisodiy holati yaxshilanishiga, dasturxonimiz barakasini oshirishga katta hissa qo‘shmoqda. Endi bu ishni yanada kengaytirish niyatim bor. Chunki parrandachilik – yetti xazinaning biri. Men esa buni amalda ko‘rayapman.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |