Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Vazirlik aholi xonadonlariga tovuq yetkazib berdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 963 ta xonadonga qariyb 6 mingdan oshiq tovuq yetkazib berildi.

Bu tashabbus aholi farovonligini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan muhim amaliy qadam sifatida e’tirof etildi.

– Chunki parrandachilik  tadbirkorlikni boshlashning eng oson va daromadli turi hisoblanadi.  Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan  xonadonlarga yetkazib berilgan tovuqlar oilalarda kichik parrandachilik fermalari tashkil etilishiga turtki bo‘ldi,– deydi Mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi rahbari Zafar Kamolov.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu kabi amaliy yordamlar fuqarolarning ijtimoiy kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ish bilan band insonda mas’uliyat tuyg‘usi, mehnatga mehr va kelajakka ishonch kuchayadi.

– Dastur doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga taqdim etilayotgan moddiy yordam vositalari yuzasidan hisobotlar yuritilib, har bir xonadonda ulardan oqilona foydalanish holati muntazam ravishda monitoring qilinyapti. Bu esa shaffoflikni ta’minlash hamda natijadorlikni baholashda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi tuman hokimining o‘rinbosari O‘tkir Sariboyev.

Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bu ezgu ishlarning samarasi allaqachon ko‘rina boshladi. Buni tuman aholisi bilan suhbatlar orqali yaqqol anglash mumkin.

– Tumanning Uchto‘rg‘on mahallasidanman,  – deydi Nasiba Sattorova. –   “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 100 dona tovuq olib, faoliyatimni boshladim. Har kuni 60-70 dona tuxum olyapman. Bu  oilamizning iqtisodiy holati yaxshilanishiga, dasturxonimiz barakasini oshirishga katta hissa qo‘shmoqda. Endi bu ishni yanada kengaytirish niyatim bor. Chunki parrandachilik – yetti xazinaning biri. Men esa buni amalda ko‘rayapman.

03.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиВеб-сайт3 Aprel 202424 Iyun 2024Toshkent viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиИшонч телефони24 Iyul 202410 Avgust 2024Sirdaryo viloyati

Foydali resurslar