Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov Boysun tumanida bo‘lib, tog‘li hududdagi kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaga oid yangilik hamda o‘zgarishlar, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Vohaning tog‘li va chekka tumani ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitiga ko‘ra 4 toifadagi hududlar tarkibiga kiritilgan. Ayni paytda hududda ikki mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ekti faoliyat yuritib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib ulush qo‘shmoqda.
Uchrashuvda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i joriy yilning o‘tgan davrida vohada o‘zini-o‘zi band qilgan 150 kishining 11 nafari boysunlik ekani va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganini alohida ta’kidladi. Ularning tadbirkorlik salohiyatini keng namoyon etishi uchun berilayotgan soliq imtiyozlari muhim omil bo‘lishini qayd etdi. Jumladan, birgina o‘tgan yil tumanda faoliyat yuritayotgan 521 ta tadbirkorlik sub’ekti 40 milliard 369 million so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Ochiq muloqot chog‘ida tadbirkorlarning soliq hisobotlarini topshirish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, ma’muriy jarimalarni qo‘llash, kadastr hujjatlari bo‘lmagan yer maydonlariga soliq hisoblash kabi masalalardagi murojaatlari tinglanib, muammolarini hal etish choralari izlandi. Tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |