Bugun yurtimizda aholi turmush shart-sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Viloyatda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, kam ta’minlangan oilalar rahbar xodimlarga biriktirilgan. Biriktirilgan rahbarlar tomonidan esa barcha oila vakillari bilan yuzma-yuz uchrashgan holda ularning muammolari o‘rganib chiqilmoqda.
O‘z navbatida Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi va tuman shahar bo‘limlari tomonidan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha-mahallabay hamda fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, hududlardagi aholi muammolarini o‘rganish hamda ularga yechim topish, shuningdek, aholining turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari N.G‘afforov va byuroning Navbahor tuman bo‘limi boshlig‘i Sh.Jumaqulovlar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Byuro organlariga biriktirilgan Navbahor tumani “Yangiyo‘l” va “Ko‘hron” MFY yettiligi bilan birgalikda mahallada yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari, muammo va takliflari o‘rganildi.
O‘rganish davomida, oilalarning bandligini ta’minlash, kredit ajratish hamda sog‘ligini tiklash borasidagi muammolari hal etildi.
O‘rganish ishlari davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |