O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonuni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur qonun ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi sessiyasi qarori bilan 24 ta turar joy egalarining o‘zboshimchalik bilan va ortiqcha egallab olgan yerlariga, ularda qurilgan turar joylariga ijara va mulk huquqlari e’tirof etilgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida ushbu kadastr hujjatlarini topshirish marosimi bo‘ldi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi I.Sdikov va boshqalar ishtirok etib, mazkur qonunning mazmun-mohiyatiga hamda ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
Ta’kidlanganidek, yurtimizda “Inson qadri uchun” ezgu g‘oya asosida fuqarolar hayotida uchrayotgan muammolarni hal etish, ularning farovon hayotinifhnn,c,jg mcg ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz topshirig‘i bilan qabul qilingan mazkur qonun asosida fuqarolarni yillar davomida qiynab kelgan muammolari o‘z yechimini topayotgani ham ana shu boradagi ezgu ishlardan hisoblanadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |