
Samarqand viloyat sudi raisi O.Hayitov Pastdarg‘om tumanida aholi bilan uchrashuv va sayyor qabul o‘tkazdi.
Tadbirda shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudi raisi, tergov sudyasi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tumanlararo sudi, Pastdarg‘om tumanlararo iqtisodiy sudi raislari ishtirok etdi.
Dastlab, Olim Hayitov sud-huquq sohasidagi islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi va fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Shundan so‘ng sayyor qabul o‘tkazilib, jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy masalalar yuzasidan fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi. Qabulda pastdarg‘omliklardan tashqari Samarqand shahri, Nurobod va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridan ham aholi kelib, sudlar faoliyati bilan bog‘liq masalalarini bildirdi.
Qabul davomida 68 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Jumladan, Samarqand shahrida yashovchi R.Zaripov fuqarolik ishi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish bo‘yicha murojaat qildi. Unga qonuniy tartiblar yuzasidan tushuntirish berilib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi.
Pastdarg‘om tumani Yangisanoat mahallasida yashovchi J.Yu., Ilm mahallasidan M.I. sudlanganlikni olib tashlash yuzasidan murojaat qildi. Sodir qilgan jinoiy qilmishi uchun jazoni o‘tayotgan 30 nafar shaxs pushaymonligi, tegishli xulosa chiqarganligi, bunday buyon sog‘lom turmush tarzida yashab, ibratli hayot kechirishini bildirib ozodlikdan mahrum qilish jazosidan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni, 13 nafar mahkum esa ozodlikdan cheklash va axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan oldin ozod qilishni so‘radi.
Shu yerda Pastdarg‘om tuman sudining sayyor sud majlisi tashkil etilib, har bir holat alohida ko‘rib chiqildi va qonunga muvofiq keladigan murojaatlar ijobiy hal etildi. 13 ta ma’muriy ish tomonlar yarashganligi munosabati bilan tugatildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |