Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sudyalar oliy kengashi raisi Surxondaryoda

Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov Surxondaryo viloyatida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Viloyat sudlari sudyalari va ularning oila a’zolari ishtirok etgan tadbir mansab vakolatini suiiste’mol qilishning achchiq oqibatlari aks etgan videolavha namoyishi bilan boshlandi. Tizimning tegishli jazo o‘tayotgan sobiq vakillari afsus-nadomatlari sudyalar va ularning oila a’zolari uchun ham o‘ziga xos saboq vazifasini o‘tadi. Zero, insonning jamiyatda obro‘ e’tiborga ega bo‘lishi yoki zavol topishida oilaning alohida o‘rni bor.

Uchrashuvda mamlakatimizda izchil davom etayotgan sud-huquq islohotlari jarayonida sud hokimiyati nufuzini oshirish va sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlab, ularning ijtimoiy muhofazasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Sudyalarning majburiyatlari va Sudyalar odobi kodeksiga rioya etilishida malaka hay’atlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirib, qo‘shimcha choralar ko‘rish zaruriyati xususida so‘z yuritildi.  

Qayd etildiki, so‘nggi yillarda sohaga qaratilayotgan e’tibor sudyalar hamjamiyati a’zolari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Bunday mas’uliyat sudyadan qat’iyat, qasamyodga sodiqlik va halollikni talab etadi. Shu bois ham tizimning barcha vakillari odob va axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilishi, har qanday vaziyatda haqiqatparvar bo‘lishi, sud hokimiyatining nufuzini tushiradigan va sudyaning obro‘ e’tiboriga putur yetkazadigan yoki uning xolisligi, mustaqilligi va beg‘arazligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi shart ekani qonun bilan tartibga solingan.

Ochiq muloqotda intizomsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, odamlarni sarson qilmaslik, ishlarni ko‘rishda  protsessual muddatlarga rioya etib, o‘z vaqtida qonuniy ko‘rib chiqishi hamda sudyalar odob kodeksi talablariga qat’iy amal qilishi uqtirildi. Har bir ish zamirida inson taqdiri, haq-huquqi yotgani hamisha e’tiborda bo‘lishi shartligi, sud hokimiyati mustaqilligi, sudyalar daxlsizligini ta’minlash, ularning odil sudlov bilan bog‘liq faoliyatida turli aralashuvlarning oldini olish, tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini yanada oshirish, sohadagi muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida fikr almashildi.

06.04.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлигиВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиВеб-сайт3 Aprel 202424 Iyun 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar