
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan Jizzax viloyatida sudyalar va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan islohotlar, sudyalarning xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanmasliklari, ular odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya qilishlari, odil sudlovning obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari lozimligi ta’kidlandi.
Bu borada Prezidentimiz tomonidan sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, tizimda korrupsion omillarni bartaraf etishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinganligi, joriy yilning 5 mart kuni Yurtboshimiz raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishidan keyin Oliy sud raisi B.Islomovning sudyalar va sud xodimlariga yo‘llagan murojaaatida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish kerakligi ta’kidlangani ham sud tizimida korrupsiyaga mutlaqo o‘rin yo‘qligi, unga qarshi barcha birdek yagona kuch bo‘lib harakat qilishi zarurligini ko‘rsatadi.
Tadbirda viloyat sudi faxriylar kengashi raisi Mitanboy Ravshanov, viloyat sudining sudyasi Qahramon Xolmurodov so‘zga chiqib, sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sudyalar uchun yetarli imkoniyatlar, ijtimoiy kafolatlar yaratilganligi, ularning korrupsiya, ta’magirlik kabi illatlarga qo‘l urmasligi, buning uchun esa, eng avvalo, sudyalar oila a’zolarining o‘rni muhimligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Ишонч телефони | 24 Iyul 2024 | 10 Avgust 2024 | Sirdaryo viloyati |