
Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Chirchiq shahrida tadbirkorlar va eksportyorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Onlayn tarzda tashkil etilgan tadbirda shahar-tumanlardan 300 nafardan ortiq mahalliy tadbirkorlar, mutasaddilar qatnashib, o‘zlarining muammo, taklif vatashabbuslarini bildirdi.
Muloqotda, huquq-tartibot, qurilish, kommunal sohalarga doir murojaatlar mas’ullarishtirokida o‘rganildi. Qayd etilganidek, Prezidentning joriy yil mart oyida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan iqtisodiyot tarmoqlarini yanada rivojlantirishborasidagi uchrashuvida, tadbirkorlar uchun yangi imtiyozlar berilishi borasida aytib o‘tilgandi.
Toshkent viloyatida ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni sezilarli darajada oshmoqda.
Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra,2025 yil mart oyi holati bo‘yicha hududda tadbirkorlik sub’ektlari soni 36 ming 596 ta, eksportyor korxonalar esa 1 ming 897 tani tashkil etadi. Tadbirda viloyat hokimining tadbirkorlar bilan avval o‘tkazgan muloqotlarida berilgan topshiriqlar ijrosi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Bu boradagi nazorat tizimi va ijro intizomi qoniqarsiz deb topildi.
Endilikda,har bir tadbirkorning murojaati o‘z vaqtida va uning manfaatlari nuqtai-nazari bilan baholanib, ijobiy hal etilishiga qarab, tegishli rahbarning faoliyati yuzasidan xulosa qilinadi.
– Tadbirkorlar bilan muloqot madaniyati bo‘lmagan rahbarlarning faoliyatini ijobiy baholash qiyin, – dedi muloqotda Zoyir Mirzayev.– Bugun biz barchamiz tadbirkorlar uchun to‘siqlarsiz, turli korrupsion sxemalardan holi, adolatli va barqaror biznes muhitini ta’minlashimiz zarur.Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, chempion tadbirkorlar va biznesda yangi kirib kelganlar o‘rtasidagi faol hamkorlik, tajriba almashish bundamuhim ahamiyatga ega. Joylarda “Viloyat hokimiga murojaat” maxsus qutisi tashkil etiladi va faqat Toshkent viloyati hokimi tomonidan ochib ko‘riladi.Har bir murojaat bo‘yicha qattiq nazorat tartibi o‘rnatiladi.
Suhbat davomida uzoq vaqtdan buyon hal eta olmagan mutasaddilarga esa viloyat rahbari topshirig‘i bilanmuddat belgilandi. Agar shu vaqtda ham o‘zgarish bo‘lmasa ularga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishi haqida ogohlantirildi.
– Ikki yildan beritekstil sohasida faoliyat yuritaman. Korxonamizda yuz nafardan ortiq fuqaro ish bilan band qilingan bo‘lib, ayollar uchun kiyim-kechaklar tayyorlanadi. Mahsulotlarimizga nafaqat mahalliy bozorlarda, balki xorijda ham xaridori bor.
Talabning ortgani sabab faoliyatimizni kengaytirish maqsadida yer so‘rab bir nechabor mutasaddilarga murojaat qildik. Lekin hech qanday javob olmadik. Oxiri viloyat hokimiga murojaat qilishga majbur bo‘ldik. Ular mutasaddilarga ish faoliyatimizni o‘rganib, tegishli yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi, – deydi Oqqo‘rg‘on tumanidan Bekzod Istamov.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |