
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Pomuq shaharchasida “Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt” shiori ostida millatlararo totuvlik va hamdo‘stlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan umumxalq sayllari hamda konsert dasturi tashkil etildi.
Ko‘p millatli Mirishkor tumani qo‘shni Turkmaniston bilan chegaradosh hudud hisoblanib, 132 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hududda tojik, turkman, arab, tatar, rus, qirg‘iz, qozoq kabi o‘nlab millat vakillari bugungi qadar tinch va totuv umrguzaronlik qilib kelmoqda.
Tadbir davomida Pomuq shaharchasida yashovchi o‘zga millat vakillari va milliy markazlarining folklor jamoalari ishtirok etib, milliy raqs va qo‘shiqlarini ijro etishdi. Ular tomonidan tashkil etilgan milliy taomlar ko‘rgazmasi namoyishi esa tadbirda ishtirok etuvchilarda katta taassurot qoldirdi.
– Qadimdan turkman oilasida mol so‘yilganda “sho‘lat” taomi tayyorlangan, – deydi Pomuq shaharchasi xotin-qizlar faoli Nasiba Qodirova. – Molning o‘pkasi, jigari, buyragi, yuragi va go‘shtidan qo‘shib qiymalanib, ziravorlar solinadi, o‘zidan chiqqan charvisiga o‘raladi va tikiladi. Uni sho‘rvaga solib pishiriladi. Bitta katta molning charvisidan 25 tagacha sho‘lat chiqishi mumkin. Taom qo‘ni-qo‘shnilarga ham ulashilgan. Uning tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kungacha turkman oilalarida tayyorlanib kelinadi. Juda quvvatli va mazali taom hisoblanadi.
Bayram dasturida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari - Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev va Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov barchani ulug‘ ayyom Hayit bayrami bilan samimiy qutladi.
Shuningdek tadbir doirasida o‘tkazilgan qorabayir zotli otlar, qorako‘l qo‘chqorlari, o‘rmon bo‘limining dekorativ hayvonlari chiqishlari barchada katta taassurot qoldirgan bo‘lsa, tashkil etilgan sport musobaqalari bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |