
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova poytaxtimizdagi 200-maktabda Chilonzor tumani yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda ushbu tumanda yashovchi hamda vazirlikka biriktirilgan, alohida ish olib borish talab etiladigan 56 nafar “og‘ir” toifadagi yoshlarning muammolari tinglanib, ularga yechim topishda yaqindan ko‘maklashildi.
Uchrashuv davomida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarova mazkur yoshlarning muammolari bilan tanishdi, har bir yosh bilan individual tarzda suhbatlashdi, ularning fikr-mulohazalarini tingladi.
Mamlakatimizda ulg‘ayib kelayotgan avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Davlat organlari va tashkilotlarida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ijobiy tarafga o‘zgarmoqda.
Prezidentimizning e’tibori sababli sohada mutlaqo yangicha tizim yaratilib, yoshlar bilan ish olib borish mahallalar darajasigacha tushirildi.
Xususan, 2023 yildan boshlab mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning “mahalladan vazirlikkacha” tamoyili asosida “mahalla–tuman–viloyat–respublika” tizimi yaratildi hamda “Yoshlar balansi” asosida har bir yosh bilan yakka tartibda ishlash amaliyoti joriy etildi.
Ushbu tajriba asosida 2024 yilda “Yoshlar balansi”da 123 ming nafar “og‘ir” toifadagi yoshlar 7 ming 965 nafar davlat tashkilotlari rahbarlariga nomma-nom biriktirildi va ularning 52 ming nafariga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga o‘tgan yil poytaxtimizning Bektemir tumanidagi Nurafshon, Musaffo, Oltintopgan mahallalaridagi “og‘ir” toifaga kiritilgan 28 nafar yosh biriktirilgan edi.
Yil davomida mazkur yoshlarning barchasi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammo va takliflari individual o‘rganildi hamda aniqlangan muammolar bartaraf etildi.
Jumladan, 6 nafar yoshga yuk tashishga mo‘ljallangan elektromotorollerlar, 13 nafariga kompyuter jamlanmasi, 2 nafariga tikuv mashinasi, 2 nafariga xususiy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yengil konstruksiyadan iborat do‘kon olib berildi. Yana bir qator yoshlarga turli ijtimoiy muammolarni hal etishda yaqindan ko‘maklashildi.
- Oilaviy sharoitim sababli bir necha yillardan beri uyda ishsiz o‘tirishga majbur edim, – dedi Zuhra Salimboyeva. – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining matbaa va qadoqlash yo‘nalishini tugatganman. Bugungi uchrashuv davomida o‘z soham bo‘yicha ishga joylashishda tegishli yordam oldim.
Darhaqiqat, bunday uchrashuvlar yoshlarga oid muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va zarur choralar ko‘rish imkonini bermoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |