
Toshkent shahrida kambag‘allikni qisqartirish va aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. Shu maqsadda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ishchi guruhi mahallalarda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganib, ularga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Davlatimiz rahbarining tegishli farmoyishi asosida e’lon qilingan “Dolzarb bir oylik” safarbarlik doirasida Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Geofizika, Habib Abdullayev, Shahriobod hamda Olmazor tumanidagi Ziyokor va Universitet mahallalarida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
Unda mas’ul idoralar vakillari ishtirokida mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tomorqalardan unumli foydalanishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shuningdek, ishsiz fuqarolar va oilalar aniqlanib, ularga oilaviy tadbirkorlik, dehqonchilik, chorvachilik hamda parrandachilik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari tavsiya etildi. Ayrim fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ish bilan ta’minlash borasida amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
Bundan tashqari, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Abduhamid Jo‘rayev rahbarligida ishchi guruh Shayxontohur tumanining Beltepa, Yangi Beltepa, Ibn Sino, Shodlik, Yangi Jarariq va Katta Jarariq mahallalarida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda asosan obodonlashtirish, uy-joy ta’miri, ish bilan ta’minlash kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Ayrim muammolar joyida hal etilgan bo‘lsa, boshqalari bo‘yicha mas’ullarga o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |