Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Senator talaba-yoshlar bilan uchrashdi

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Pokiza Ahmedjanovaning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi uyushtirildi.

Tadbirda institutning professor-o‘qituvchilari va talaba- yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlar bilan muloqot qilish, ularning kasbiy rivojlanish va ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan dasturlar haqida so‘z yuritildi. 

Senator yoshlarga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.Yoshlar uchun qo‘llab-quvvatlovchi dasturlar va yangi imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidladi. Yoshlarning bilim olishi, kasbiy sohada rivojlanishi va ijtimoiy faolligi ushbu ishlarning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

– Uchrashuvda talaba-yoshlar senatorga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar,–deydi filial direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Abdug‘aniyev.– Muloqot davomida yoshlar kasbiy rivojlanish, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida savollar berishdi. Senator har bir savolga javob berib, yoshlarga o‘zlari uchun katta maqsadlar qo‘yib, ularga erishish yo‘lida qat’iy harakat qilishni tavsiya qildi.

17.03.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati

Foydali resurslar