Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ta’limdagi kamchiliklar muhokama qilindi

Jizzax viloyat hokimligi viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan birgalikda voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Sharof Rashidov tumanidagi 32-sonli umumta’lim maktabida bo‘lgan yig‘ilishda Prezidentimizning joriy yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi, yoshlar, voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilayotgan qonunbuzarliklar, ularning sabablari, shu qatorda ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokidagi korrupsiyaviy holatlar tahlil qilindi.  

Majlis avvalida viloyat hokimining topshirig‘i asosida ishchi guruhi tomonidan suratga olingan umumta’lim maktablaridagi mavjud kamchiliklar aks ettirilgan video  namoyish etildi.

So‘ngra viloyat hokimining o‘rinbosari A.Savurboyev, viloyat prokurori B.Ibrohimov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘.Qodirov va boshqalar davlatimiz rahbarining joriy yil 3 yanvardagi yuqorida nomi aytilgan qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilayotgan qonunbuzarliklar, ularning sabablari, shuningdek, ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokidagi korrupsiyaviy holatlar haqida atroficha to‘xtalib o‘tishdi.  

Yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari xodimlari zimmasiga tizimda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borish  yuklatildi.  

Shuningdek, yig‘ilganlarga kiberjinoyatlar to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berilib, kiberjinoyatchilikning qurbonlari asosan o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari bo‘lib qolayotgani, ushbu ko‘zga ko‘rinmas jinoyatchilarning firiblariga uchmaslik, tekin, hech qanday mehnat qilmay daromad topish hech qayerda yo‘qligi haqida ogoh bo‘lish lozimligi ta’kidlandi.

Tadbir so‘nggida viloyat, shahar, tuman maktabgacha va maktab ta’limi tizimi rahbar va mas’ullari jiddiy ogohlantirilib, kelgusida sohada ular amalga oshirishi lozim bo‘lgan aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

19.03.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar