
Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida “Temurbeklar maktabi“da “Yangi O‘zbekistonning shijoatli qizlari” shiori ostida “Rahbar ayol va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Milliy gvardiya tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari, litsey hamda maktablar o‘quvchi-qizlari qatnashgan uchrashuvda bugungi kunda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni, yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar, islohotlarning amaliy natijalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda ayol-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarli qilish, bandligini ta’minlash, ularning jamiyatimiz hayotidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, turli sohalarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoitlar yaratish ustuvor vazifaga aylandi.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi Milliy gvardiya tizimida ham oila va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining 2023 yildagi tegishli qaroriga muvofiq 2024 yildan boshlab, Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga qiz bolalar ham qabul qilinishi boshlangan va hozirda 27 nafar o‘quvchi-qiz tahsil olmoqda.
Yurtimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning huquqiy asoslari tubdan takomillashtirilmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolangan.
O‘tkazilgan tadbir ham mazkur Memorandum doirasida bo‘lib, tizimning ijodkor qizlari tomonidan o‘tkazilgan mushoira bilan qizg‘in kechdi.
Interfaol tarzda tashkil etilgan uchrashuv savol- javoblarga boy o‘tib, qizlar rahbar ayol bo‘lishning mas’uliyati hamda sharafi haqida taassurotlarga ega bo‘ldi.
Suhbat so‘ngida bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazishga kelishib olindi. Mehmonlar “Temurbeklar maktabi” hududiga ezgu niyatlar bilan daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
| Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |