Respublika ishchi guruhi a’zolari Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida bo‘lib, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, qurilish va obodonlashtirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida tumanining “Xo‘jamushkent” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish, qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
Xususan, aholi xonadonlarida tashkil etilgan ishlar, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlar hamda asosiy ko‘cha yoqasida bir kilometr masofada barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagida amalga oshirilayotgan ishlar kuzatildi.
Ishchi guruh vakillari mahalladagi o‘rganishlar davomida hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishib, ko‘chat ekish tadbirlarida qatnashdi.
Respublika ishchi guruhi vakillarining keyingi manzili Balandchaqir mahallasi bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan qurilish hamda obodonlashtirish tadbirlari hamda hududni “og‘ir” toifadan chiqarish va kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Xususan, ishchi guruhi a’zolari “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida chiqarilgan suv quduqlari, shu bilan birga, daromadi past oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida aholi xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalarni atroflicha o‘rgandi.
Shuningdek, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida hududga biriktirilgan “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, shu jumladan, yangi qurilayotgan mahalla binosi hamda savdo va xizmat ko‘rsatish markazida bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Tumandagi vakillar “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishib, ko‘chat ekish tadbirlarida ishtirok etishdi.
Shu bilan birga, mahalladagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini kuzatib, hasharchilar, nuroniylar va keng aholi bilan suhbatlashildi va hududda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar yuzasidan fikrlar almashildi.
Respublika ishchi guruhi a’zolari tuman markazida istiqomat qiluvchi betob, yakka- yolg‘iz, nogiron keksalar va ehtiyojmand oilalarda bo‘lib, ularning holidan xabar olishdi.Har bir oilaga Navro‘z tuhfasi sifatida 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |