Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ishchi guruhi Yangiobodda

Respublika ishchi guruhi a’zolari Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida bo‘lib, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, qurilish va obodonlashtirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida tumanining “Xo‘jamushkent” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish, qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Xususan, aholi xonadonlarida tashkil etilgan ishlar, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlar hamda asosiy ko‘cha yoqasida bir kilometr masofada barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagida amalga oshirilayotgan ishlar kuzatildi.  

Ishchi guruh vakillari mahalladagi o‘rganishlar davomida hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishib, ko‘chat ekish tadbirlarida qatnashdi.

Respublika ishchi guruhi vakillarining keyingi manzili Balandchaqir mahallasi bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan qurilish hamda obodonlashtirish tadbirlari hamda hududni “og‘ir” toifadan chiqarish va kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Xususan, ishchi guruhi a’zolari “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida chiqarilgan suv quduqlari, shu bilan birga, daromadi past oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida aholi xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalarni  atroflicha o‘rgandi.

Shuningdek, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida hududga biriktirilgan “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, shu jumladan, yangi qurilayotgan mahalla binosi hamda savdo va xizmat ko‘rsatish markazida bajarilayotgan ishlar  ko‘zdan kechirildi.

Tumandagi vakillar “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishib, ko‘chat ekish tadbirlarida ishtirok etishdi.

Shu bilan birga, mahalladagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini kuzatib, hasharchilar, nuroniylar va keng aholi bilan suhbatlashildi va hududda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar  yuzasidan fikrlar almashildi.

Respublika ishchi guruhi a’zolari tuman markazida istiqomat qiluvchi betob, yakka- yolg‘iz, nogiron keksalar va ehtiyojmand oilalarda bo‘lib, ularning holidan xabar olishdi.Har bir oilaga Navro‘z tuhfasi sifatida 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

23.03.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Светофор, йўл белгилари, радарлар ўрнатиш ва пиёдалар ўтиш йўлини чизиш сўровлариИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммоларИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони13 Avgust 202424 Avgust 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar