Buxoro viloyati Peshku tumanida Oliy sud raisining o‘rinbosari O.Ismoilov Romitan, Peshku va Buxoro tumanlari aholisi uchun sud-huquq masalalariga doir sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida jami 52 nafar fuqarolar qabul qilindi. Unda fuqarolarning 27 tasi jinoyat, 20 tasi fuqarolik, 3 tasi iqtisodiy hamda 2 tasi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etdi. Jami 52 ta murojaatlardan, 34 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 18 ta murojaat qanoatlantirildi.
Shu bilan birga taqdimnoma va iltimosnomalar asosida Romitan va Peshku tumanlari IIB Probatsiya guruhi hisobida turuvchi, ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan, jazoni o‘tash davomida taqiq va cheklovlarga amal qilgan, tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 17 nafar nazorat ostidagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.
– Sayyor qabulda muddatidan oldin jazodan ozod qilish masalasi – qanoatlantirildi, – deydi fuqaro Umidjon Istatqulov. – Davlatimiz tomonidan qilingan bunday insonparvarlik yordami menga va oilamga juda ham katta imkoniyat bo‘ldi.
– “Romteks” MCHJda ishchi bo‘lib ishlardim, – deydi fuqaro Nilufar Rahmatova. – Ishdan noqonuniy bo‘shatilgan edim. Bugungi sayyor qabulda mazkur masala bo‘yicha murojaat qildim. Huquqlarim himoya qilinib, qayta ishga tiklandim. Bundan juda xursandman.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va viloyat sudi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan bu kabi xalq bilan muloqot va murojaatlarning yechimi bo‘yicha amaliy tadbirlar viloyat bo‘ylab har bir hududda tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |