
Mamlakatimizda maktabgacha ta’limga e’tibor yil sayin ortib bormoqda. Sohaga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida joylarda zamonaviy bog‘chalar qurilib, ishga tushirilmoqda.
Namangan viloyati Uychi tumanidagi Shaftoli mahallasida joylashgan 43-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun yangi binoning foydalanishga topshirilishi qishloq bolalariga quvonch ulashdi. Aholi talab-istaklaridan kelib chiqib, tashkilot uchun 4 milliard 500 million so‘m mablag‘ evaziga 120 o‘rinli yangi bino qurib, bitkazildi.
Bolalar bog‘chasining tantanali ochilish marosimida qatnashgan Namangan viloyati prokurori, viloyat ikkinchi sektori rahbari Umrbek Madrahimov, Uychi tumani hokimi Shuhrat Musayev xalqimiz roziligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari ertamiz egalariga bo‘lgan e’tiborning yorqin namunasi ekanligini ta’kidladi.
Mehmonlar va faxriylar ishtirokida ramziy lenta qirqilib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Светофор, йўл белгилари, радарлар ўрнатиш ва пиёдалар ўтиш йўлини чизиш сўровлари | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
| Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
| Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |