
O‘zbekiston Respubikasi Bosh prokurori o‘rinbosari – Respublika harbiy prokurori Botir Qudratxo‘jayev raisligida Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida harbiy xizmatchilar va oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy himoyalash, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, muammolarini tinglash va ularning yechimini topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati nomidan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, vazirlik mas’ul xodimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i, Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlarning hududiy vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda tumandagi harbiy qismlarda harbiy xizmatni o‘tayotgan 50 nafarga yaqin harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolari hamda harbiy pensionerlarga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Murojaatlarning aksariyati imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy olish, yurt himoyachilarining oila a’zolarini ish bilan ta’minlash, nogironligi mavjud oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish, xizmat joyini o‘zgartirish hamda boshqa masalalar bo‘yicha bo‘ldi.
Qabul davomida jami 40 ta murojaat qabul qilinib, shularning 12 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan bo‘lsa, 14 tasi shu joyning o‘zida hal qilindi, qolgan murojatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.
Sayyor qabuldan so‘ng Respublika harbiy prokurori boshchiligidagi ishchi guruh tuman mudofaa ishlari bo‘limi hamda Urganch garnizonidagi harbiy qismlarga tashrif buyurib, harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolari uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. Harbiy xizmat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olish hamda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |