
Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev va viloyat sektorlari rahbarlari Kattaqo‘rg‘on tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Viloyatga rahbar etib tayinlangan A.Boboyev shu paytgacha barcha tuman va shaharlarda bo‘lib, aholi bilan ham uchrashgan, Samarqand shahrida tadbirkorlar uchun qabul o‘tkazgan bo‘lsa-da, bu ilk sayyor qabul bo‘ldi.
Hududiy tarzda Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Narpay, Paxtachi tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi uchun tashkil etilgan qabulda fuqarolar turli masalalar yuzasidan viloyat rahbarlariga murojaat qildi.
Murojaatlarning asosiy qismini yer va mol-mulkni rasmiylashtirish, kadastr hujjatini tayyorlash, sud qarorlarining ijrosi, aliment undirish va hududlardagi infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi.
Qabulda viloyat boshqarma va idoralari, tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etgani bois aksariyat murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi va shu yerning o‘zida hal etish choralari ko‘rildi. O‘rganish va vaqt talab qiladigan muammolar bo‘yicha muddat belgilanib, nazoratga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sayyor qabulda 332 ta murojaat qayd etilgan.
Viloyat sektorlari rahbarlarining navbatdagi hududiy sayyor qabuli 24 yanvar kuni Payariq tumanida o‘tkazilishi belgilandi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
| Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |