
Xovos tumanidagi 2-sonli politexnikumda ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Xovos tumani hokimligi va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada 32 ta ish beruvchi korxona va tashkilot 240 dan ortiq bo‘sh (vakant) ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Mehnat yarmarkasi davomida 150 nafarga yaqin fuqaro o‘zlariga mos bo‘lgan ish o‘rinlari bilan tanishdi. 40 nafar fuqaro bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari, 20 nafar fuqaroga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash uchun yo‘llanmalar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Светофор, йўл белгилари, радарлар ўрнатиш ва пиёдалар ўтиш йўлини чизиш сўровлари | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
| Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |