
Ayrim aholi xonadonlari hovlisida elektr simlari ustunlari o‘rnatilgani bois shamol bo‘lganda elektr ta’minotida ko‘plab uzilishlar sodir bo‘lib, xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan. Bu masalada mutasaddilarga qilingan murojaat esa e’tiborsiz qolgan.
Shu sababli, Izboskan tumani “Toshloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Ziyolilar ko‘chasida yashovchi aholi elektr simlari ustunlarini hovlidan tashqariga ko‘chirish masalasida senatorga murojaat qildi.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov hudud aholisi bilan uchrashib, vaziyatni o‘rgandi.
Murojaat yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar natijasida muammo bartaraf etildi. Elektr simlari ustunlari soha mutaxassislari tomonidan ko‘cha hududiga o‘rnatildi.
Senatorlarning joylarda saylovchilar va aholi murojaatlarini qonun doirasida ijobiy hal qilish ishlari davom etmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Ишонч телефони | 24 Iyul 2024 | 10 Avgust 2024 | Sirdaryo viloyati |