
Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi vakil - Biznes-ombudsman tomonidan natijali ishlar olib borilmoqda.
O‘tgan yil davomida tadbirkorlardan 9 ming 127 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarning 51 foizi bo‘yicha tadbirkorning huquqlari tiklandi, qolganlari bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.
Shunga ko‘ra, Biznes-ombudsmanga Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi "Umid servis" (nomi o‘zgartirilgan) xususiy korxonasi ortiqcha hisoblangan qarzdorlik va penyadan norozi bo‘lib, murojaat qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, korxona hisob-varag‘ida 12 million so‘m qarzdorlik va 38 million so‘m ortiqcha to‘lov ko‘rsatilgan. Ammo Quvasoy shahar soliq inspeksiyasi korxonaning aslida 50 million so‘m soliq qarzi va 36 million so‘m penya borligini ta’kidlagan.
Biznes-ombudsman devoni aralashuvi natijasida tadbirkorning hisob-varag‘iga aksiz solig‘i bo‘yicha xatolik bilan kiritilgan soliq qarzdorligi va unga hisoblangan penya soliq organi tomonidan bekor qilindi va tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |