
Navoiy viloyati Nurota tuman adliya bo‘limi tomonidan mahallalarda olib borilayotgan o‘rganishlar jarayonida aniqlangan muammolarga qonuniy yechim topilmoqda.
Shunday muammolardan biri ibn Sino mahallasida yashovchi Muqaddas Esanovaning muammosidir.
Ma’lum bo‘lishicha, u 2005 yil 1 yanvardan 2015 yil 31 dekabriga qadar “Shoh jahon” xususiy korxonasida ishlagan. Ammo pensiyaga chiqish paytida korxonada ishlagan davrida olgan ish haqi ma’lumotlari topilmaganligi sababli, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan uning 10 yillik ish staji inobatga olinmagan.
– Ushbu muammoni hal qilish yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganilganda, M.Esanovaning haqiqatdan ham shu davrda “Shoh jahon” xususiy korxonasida ishlaganligi va ushbu yillar uning mehnat daftarchasida qayd etilganligi ma’lum bo‘ldi, – deydi Nurota tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Umid Suvonov. – Ma’lumki, mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, Navoiy tumanlararo ma’muriy sudiga tegishli tartibda ariza kiritildi.
Sud tomonidan ariza ko‘rib chiqilib, M.Esanovaga pensiya tayinlashda 2005 yil 1 yanvardan 2015 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrni mehnat staji hisobiga qabul qilish haqida qaror chiqarildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Светофор, йўл белгилари, радарлар ўрнатиш ва пиёдалар ўтиш йўлини чизиш сўровлари | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
| Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
| Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |