Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tadbirkorlar huquqlarini sud orqali himoya qilishdagi muammolar va ularning yechimlariga e’tibor qaratildi

Sudyalar oliy kengashi tashabbusi va “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi hamkorligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Sudyalar oliy kengashi mutasaddilari, iqtisodiy sudlar sudyalari, Sudyalar oliy maktabining professor-o‘qituvchilari hamda tadbirkor ayollar ishtirok etdi.

Tadbirda xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish, ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash hamda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlari himoyasi, bu borada qabul qilingan qonun hujjatlari, ularda aks etgan normalarning mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, iqtisodiy nizolarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish, sudlarga murojaat qilish tartibi, bu borada yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va ularning huquqiy yechimlariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirkor ayollar huquqlarini himoya qilishda “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyaning vazifa va vakolatlari, ushbu tuzilmaga a’zo ishbilarmon xotin-qizlar faoliyatida duch kelinayotgan ayrim huquqiy muammolar ham o‘rtaga tashlandi.

Qizg‘in o‘tgan savol-javoblar jarayonida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati huquqiy asoslarini yanada mustahkamlanishi, sud amaliyoti, qonun hujjatlarini amaliyotga tatbiq etishdagi ayrim qiyinchiliklar, shundan kelib chiqib, huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ehtiyoji, aholining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish, iqtisodiy sudlarga taalluqli ishlar doirasiga doir masalalar ham muhokama qilindi.

Tadbir doirasida kengash tashabbusi bilan chop etilgan “Tadbirkorlar huquqi sud himoyasida” hamda “Iqtisodiy sudlarga murojaat qilish tartibi” nomli amaliy qo‘llanmalarning taqdimoti ham o‘tkazildi.

Mazkur qo‘llanmalar nafaqat iqtisodiy sud sudyalari, sud xodimlari, sudyalik lavozimiga nomzodlar va yuridik xizmat xodimlari, balki tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, tadbirkor ayollar uchun ham foydali huquqiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

27.12.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Светофор, йўл белгилари, радарлар ўрнатиш ва пиёдалар ўтиш йўлини чизиш сўровлариИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммоларИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri

Foydali resurslar