
Joriy yilgi saylovda Qashqadaryo viloyatidagi 14-Ko‘chkak saylov okrugidan Xalq deputatlari Qarshi tuman kengashi deputatligiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Komila Jo‘rayeva o‘z saylovoldi dasturida hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlari, zarur kommunikatsiya tarmoqlari bilan bog‘liq bir qator muammolarni tizimli hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surgan edi.
Hudud ahli ham deputat tashabbuslarini saylovda bergan ovozlari bilan qo‘llab-quvvatladi. Mana endi va’dalarni amaliy harakatlarda ko‘rsatadigan, saylovchilarning ishonchini oqlaydigan vaqt keldi. Shu ma’noda ishga kirishgan deputat dastlab saylovchilar bilan uchrashib, birinchi galda hal qilinishi lozim bo‘lgan eng asosiy muammolarni belgilab oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ko‘chkak mahallasining “Do‘stlik” ko‘chasida yashovchi aholini ko‘p yillardan buyon elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar qiynab kelayotgan ekan. Buning sababi esa hududdagi transformator, simyog‘ochlar, havo kabellari nihoyatda eskirib, yaroqsiz ahvolga kelib qolgani bo‘lgan.
Deputat muammoni hal etish bo‘yicha bir qator mas’ul tashkilotlarga aniq takliflar bilan murojaat qildi, deputatlik so‘rovlari yubordi. Nihoyat muammo ijobiy yechim topdi.
Tuman hokimligi, tuman elektr ta’minoti korxonasi hamda bir qator mas’ul tashkilotlar hamkorligida Ko‘chkak mahallasining “Do‘stlik” ko‘chasi hududidagi transformator to‘liq yangilandi, eski simyog‘ochlar olib tashlanib, ularning o‘rniga 56 dona beton ustun o‘rnatildi, yangi havo kabellari tortildi.
Endi hududda elektr muammosi yo‘q, xonadonlarning chirog‘i charog‘on. Deputat esa allaqachon mas’ullar e’tiborini galdagi muammolarga qaratishga kirishgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |