Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Va’dalardan amaliy ishlarga o‘tildi

Joriy yilgi saylovda Qashqadaryo viloyatidagi 14-Ko‘chkak saylov okrugidan Xalq deputatlari Qarshi tuman kengashi deputatligiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Komila Jo‘rayeva o‘z saylovoldi dasturida hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlari, zarur kommunikatsiya tarmoqlari bilan bog‘liq bir qator muammolarni tizimli hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surgan edi.

Hudud ahli ham deputat tashabbuslarini saylovda bergan ovozlari bilan qo‘llab-quvvatladi. Mana endi va’dalarni amaliy harakatlarda ko‘rsatadigan, saylovchilarning ishonchini oqlaydigan vaqt keldi. Shu ma’noda ishga kirishgan deputat  dastlab  saylovchilar bilan uchrashib, birinchi galda hal qilinishi lozim bo‘lgan eng asosiy muammolarni belgilab oldi.  

Ma’lum bo‘lishicha, Ko‘chkak mahallasining “Do‘stlik” ko‘chasida yashovchi aholini ko‘p yillardan buyon elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar qiynab kelayotgan ekan. Buning sababi esa hududdagi transformator, simyog‘ochlar, havo kabellari nihoyatda eskirib, yaroqsiz ahvolga kelib qolgani bo‘lgan.  

Deputat muammoni hal etish bo‘yicha bir qator mas’ul tashkilotlarga aniq takliflar bilan murojaat qildi, deputatlik so‘rovlari yubordi. Nihoyat muammo ijobiy yechim topdi.  

Tuman hokimligi, tuman elektr ta’minoti korxonasi hamda bir qator mas’ul tashkilotlar hamkorligida Ko‘chkak mahallasining “Do‘stlik” ko‘chasi hududidagi transformator to‘liq yangilandi, eski simyog‘ochlar olib tashlanib, ularning o‘rniga 56 dona beton ustun o‘rnatildi, yangi havo kabellari tortildi.  

Endi hududda elektr muammosi yo‘q, xonadonlarning chirog‘i charog‘on. Deputat esa allaqachon mas’ullar e’tiborini galdagi muammolarga qaratishga kirishgan.  

26.12.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Светофор, йўл белгилари, радарлар ўрнатиш ва пиёдалар ўтиш йўлини чизиш сўровлариИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммоларИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони13 Avgust 202424 Avgust 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar