
Respublika ishchi guruhi tomonidan joriy yil 9 noyabrdan mutasaddi vazirlik va idoralar, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Bo‘ka tumanidagi Guliston qishlog‘ida mavjud infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyatini samarali tashkil etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2024 yil 24 maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida joylarda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, Bo‘ka tuman adliya bo‘limi tomonidan aholining kundalik hayotida eng ko‘p uchraydigan huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Olis Jo‘raobod mahallasi va Guliston qishlog‘ida tashkil etilgan navbatdagi muloqotda ham 40 nafardan ortiq fuqarolarning yuridik shaxs sifatida dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tishlariga yordam berildi.
Bo‘ka tuman Davlat xizmatlari markazi direktori Kamoliddin Asqarovning ta’kidlashicha, jarayonda fuqarolarni qiziqtirayotgan asosiy masalalar – ishga joylashish, ijtimoiy himoya, kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanma olish hamda oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq masalalarga huquqiy tushuntirishlar ham berildi.
Bundan tashqari, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish yo‘nalishida boshlangan sa’y-harakatlar tufayli 201 ta xonadon atrofi chiqindilardan tozalandi, 194 ta oila tomorqalari shudgor qilinib, bahorgi ekish uchun tayyorlandi, ayrim xonadonlarning tashqi devorlari va darvozasi ta’mirlandi. ؘ
– Qishloqda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirildi, – deydi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Bo‘ka tumani bo‘limi boshlig‘i Zohidjon Obidov. – Xususan, 29 nafar ishsiz xotin-qizlarni hududdagi 30-umumta’lim maktabi binosida Bekobod tumani “Zafar” kasb-hunarga o‘qitish markazi tomonidan tikuvchilik yo‘nalishida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, “Sayxunobod tajribasi” asosida 9 nafar ishsiz fuqaroga mikroloyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida, 5 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, “Biznesga birinchi qadam” loyihasi asosida chorvachilik yo‘nalishida va 5 nafar fuqaroga “Oilaviy tadbirkorlik dasturi” doirasida parrandachilik yo‘nalishida imtiyozli kredit ajratildi. Mahalla guzarida aholiga sartaroshlik, ayollar go‘zallik saloni, etikdo‘zlik, maishiy texnikalarni jihozlash, oziq-ovqat mahsulotlari savdo do‘koni kabi maishiy xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha viloyat tijorat banklari tomonidan 7 ta loyiha ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bo‘lgan bo‘sh turgan 2 dona bino va inshootda savdo do‘konlarini tashkil qilishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqildi. Ayni paytda, banklar tomonidan hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib, qo‘shimcha 34 ta loyiha shakllantirildi. Hududning infratuzilmasini inobatga olgan holda hamda ixtisoslashganidan kelib chiqib, “Zarbdor tajribasi” asosida 2 ta loyihani ishga tushirish belgilandi.
Jumladan, 10 ta tik quduqlarni o‘rnatish orqali aholi tomorqalarini hamda shu yerdagi “Chillisoy” kanaliga suv nasosini o‘rnatish orqali fermer va dehqon xo‘jaliklari yerlarini sug‘orish tizimini yaratish rejalashtirilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |